Logo

Toshkent, O‘zbekiston
2024-yil 2–4-oktabr

MASHVARAT

Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumani doirasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda IT Park O‘zbekiston bilan birgalikda Ijodkorlikdagi bo‘shliqni yengib o‘tish – O‘zbekistonda ijodkorlar uchun inklyuziv makon yaratish” mavzusidagi 2024-yil 2–3-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ilk mashvaratni ishga tushirmoqda.

 

Kontekst:

Siz ijodiy fikrlovchi, muammolarni hal qiluvchi va o‘zgarishlar qilishni istovchi kishimisiz? Sizni ideaton – fikr-mulohazalar bahsida ishtirok etishga taklif etamiz, unda siz innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish va kreativ sanoat tarmoqlariga daxldor chaqiriqlarni hal qilish maqsadida hamfikr maslakdoshlar bilan faoliyat yuritasiz. Siz talaba, tadbirkor yoki shijoatli havaskor bo‘lishingizdan qat’i nazar, bu o‘z iste’dodingizni namoyon etish, bilim va malaka almashish, yetakchi mutaxassislardan saboq olish hamda O‘zbekistonda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishga hissa qo‘shish uchun zo‘r imkoniyatdir.

 

Nimalarni kutish mumkin:

  • Hamkorlik muhiti: kelib chiqishi turli ishtirokchilar bilan jamoalarda ishlash;
  • Mutaxassis yo‘riqnomasi: butun tadbir davomida soha mutaxassislaridan ustozlik maslahati va fikr-mulohazalarni olish;
  • Motivatsion chaqiriqlar: O‘zbekistonda kreativ sanoat tarmoqlarini rivojlantirishda duch kelinayotgan chinakam muammolarga yechim topish;
  • Eʼtirof va mukofotlar: o‘z gʻoyalaringizni IV WCCE anjumani xalqaro yetakchi mutaxassislar guruhiga taqdim etib, ajoyib sovrinlarning sohibiga aylaning.

Ishtirok etish mezonlari:

  • Yosh chegarasi: 18–35
  • Ijodkorlikka bo‘lgan ishtiyoq: ishtirokchilar kreativ sanoat sohalariga kuchli qiziqishni namoyish etishlari lozim (ta’lim, mehnat tajribasi yoki o‘z shaxsiy loyihalari orqali);
  • Turli sohalardan bo‘lgan shaxslar: biz san’at, dizayn, texnologiya va biznes kabi ko‘plab sohalardan bo‘lgan so‘rovnomalarni olqishlaymiz;
  • Jamoada ishlash qobiliyati: jamoada chiqishib ketish qobiliyati muhim;
  • Muammolarni hal qilish ko‘nikmalari: ishtirokchilar tanqidiy fikrlay olishlari va murakkab muammolarga yechim topishda ijodkorlik yondashuvini qo‘llay olishlari shart.


  

BOSQICHLAR VA TAQVIM:

Arizalarni topshirish: 2024-yil 12–25-sentabr

Murabbiylik va g‘oyalarni yaratish sessiyasi: 2024-yil 2-oktabr, Toshkent shahridagi Respublika Bolalar kutubxonasi. Siz loyihangiz taqdimotiga tayyorgarlik ko‘rish uchun jamoa ustozlari va qo‘llab-quvvatlovi bosqichidan o‘tasiz. Murabbiy va mashg‘ulot boshqaruvchilari yakuniy ochiq taqdimot uchun eng yaxshi 10 ta jamoani saralab oladilar.

G‘oyalarni yaratish va Ochiq taqdimot kuni: 2024-yil 3-oktabr. IV WCCE, CAEx, Toshkent. Ushbu kunda siz o‘z loyihalaringizni nihoyasiga yetkazib, g‘olib loyihani tanlab oladigan xalqaro yetakchi mutaxassislardan iborat hay’at a’zolari e’tiboriga havola etasiz. Tadbir taqdirlash marosimi va tarmoq maslakdoshlar bilan hamkorlik rishtalarini o‘rnatish imkoniyati bilan yakunlanadi.