Logo

Toshkent, O‘zbekiston
2024-yil 2–4-oktabr

WCCE 2024

Mavzu:
INKLYUZIV IJODKORLIK: O‘ZGARGAN VOQELIK 

2024-yilgi konferensiyaning mavzusi texnologiyaning jadal rivojlanishidan kelib chiqadigan ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni, xususan, sun’iy idrokning joriy etilishida intellektual mulk huquqlari qanday belgilanishi va ijodiy odob-axloq qay tarzda o‘zgarayotganini  tadqiq etishga bag‘ishlanadi.

Bashoratlarga ko‘ra, sun’iy idrok 2025-yilga kelib 85 milliondan ortiq ish o‘rinlarining o‘rnini egallashi mumkin, bu esa ko‘plab ijodiy kasblarga ta’sir etmay qo‘ymaydi. Mehnat bozori allaqachon katta o‘zgarishlarni o‘z boshidan kechirmoqda. Biroq ishlab chiqarish va an’anaviy hunarmandchilik kabi kreativ iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida o‘sish kuzatilmoqda.

Biroq jahon hamjamiyatining jamoaviy sa’y-harakatlari ushbu o‘tish davrini yumshata olishi mumkin: notenglikni kamaytirish, yangi bozor imkoniyatlarini yaratish va atrof-muhitni muhofaza qilishga ko‘maklasha oladi.

6 ta sho‘ba mavzulari:

image
1

Mehnat zaxiralari sur’ati

Rivojlanayotgan texnologiyalar bois mehnat bozoridagi zamonaviy bandlik va global o‘zgarishlarning murakkabligini o‘rganish.

image
2

Fanlararo yondashuvga asoslangan shahar

Ijodiy shaharlarni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, fanlararo va tarmoqlararo hamkorlikni rivojlantirish.

image
3

Kreativ ta’lim

O‘zgaruvchan voqelikda ijodkorlarga zarur bo‘lgan muhim ko‘nikmalarni aniqlash va zamonaviy mehnat bozori talablariga javob beradigan ta’limni shakllantirish.

image
4

Sun’iy idrok davrida intellektual mulk huquqlari

Kreativ iqtisodiyotning barcha ishtirokchilari duch keladigan yangi huquqiy murakkabliklarni muhokama qilish hamda tegishli yechimlarni topish.

image
5

Inklyuziv barqarorlik

Ijodiy sanoat sohalarida inklyuzivlikni ta’minlash va ijodiy va madaniy sohalarda barqaror o‘sishni qo‘llab-quvvatlash uchun atrof-muhit, ijtimoiy va boshqaruv dasturlarini amalga oshirish.

image
6

Ijodiy turmush tarzining tadrijiy rivojlanishi

Ijodiy sanoat sohalariga sinchkov nazar: muloqot, tijorat, ta’lim, sarmoya va marketing uchun yangi maydon va vositalarni rivojlantirishni ijodiy sanoat sohalari qanday rag‘batlantirmoqda.

image