Logo

Toshkent, O‘zbekiston
2024-yil 2–4-oktabr

WCCE haqida

2018-yilda Indoneziyada asos solingan Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi yetakchi jahonshumul minbar hisoblanib, unda ijodkorlar, tadbirkorlar va rahbarlar muloqotni yo‘lga qo‘yish, muammolarga yechim topish hamda katta imkoniyatlarni kashf etish maqsadida birlashadilar. Mushtarak sa’y-harakatlar bilan ular jahon miqyosidagi kreativ iqtisodiyot kelajagini aniqlash va shakllantirishga hissa qo‘shadilar.


Anjuman xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, inklyuziv, barqaror iqtisodiyotni shakllantirishda ijodkorlikning salmog‘iga urg‘u berish hamda e’tiborni zaxiralarga asoslangan iqtisodiyotdan bilimlar iqtisodiyotiga o‘tkazishga qaratilgan.


Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi har ikki yilda bir marotaba o‘tkazilib, uch kun davom etadi, bunda har bir konferensiya turli mamlakatlarda bo‘lib o‘tadi.

 

Avvalgi konferensiyalar:

image
1

2018

Bali, Indoneziya

Bosh mavzu

INKLYUZIV IJODKORLIK

2000 dan ortiq ishtirokchi50 dan ortiq mamlakat
image
2

2021

Dubay, BAA

Bosh mavzu

INKLYUZIV IJODKORLIK: KELAJAKNI BARPO ETISH

3600 dan ortiq ishtirokchi22 ta mamlakat
image
3

2022

Bali, Indoneziya

Bosh mavzu

INKLYUZIV IJODKORLIK: GLOBAL TIKLANISH

1200 dan ortiq ishtirokchi74 ta mamlakat
image